Shota Rustaveli ko‘chasidan o‘tuvchi navbatdagi 4 ta avtobus yo‘nalishi harakati qayta tiklanmoqda
22-oktabrdan boshlab Toshkent shahridagi BRT tizimi yo‘lga qo‘yilgan Shota Rustaveli ko‘chasidan o‘tuvchi 2, 18, 45 va 94-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati qayta tiklanadi. Transport boshqarmasi maxsus avtobus yo‘lagi mavjud ko‘chadagi harakat ishtirokchilariga eslatma e’lon qildi. gazeta.uz »
