Hisoblash vositalari bo‘lmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi
O‘zbekistonda suv hisoblash vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanmoqda. Bunday vositalarni o‘rnatish davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali ko‘rsatiladi. Xizmat uchun BHMning 50 foizi miqdorida yig‘im olinadi. gazeta.uz »
