Ðåçóëüòàòîâ: 38

“Hozirgi yoshlar stressdan chiqish bahonasi bilan narkotik iste’mol qilyapti” — Yoshlar ishlari agentligi vakili

2025-yilda 3744 nafar yosh narkojinoyat sodir etgan. Ularning 111 nafari voyaga yetmagan shaxsdir. “Hozir yoshlar „qiziqish“ yoki stressdan chiqish uchun narkotik iste’mol qilyapti. Bu yo‘lga kirib olganidan keyin boshqalarga ham tavsiya qilyapti va ular soni ortyapti”, - deydi Yoshlar ishlari agentligi vakili. gazeta.uz »

2026-2-3 09:36

AQSh paxtasi O‘zbekistonga to‘qimachilik brendlariga chiqish yo‘lini ochadi — ISSV

Tarmoqlarda O‘zbekistonning AQSh paxtasini sotib olish rejalariga oid xabardan so‘ng mamlakatning o‘z xomashyosi bo‘lsa, bu nega kerak degan savol paydo bo‘ldi. ISSVga ko‘ra, gap premium toifadagi kiyimlar uchun yuqori navli Strict Middling tolasi haqida ketmoqda, O‘zbekistonda bunday tolani yetishtirib bo‘lmaydi. gazeta.uz »

2025-8-15 13:32

Shavkat Mirziyoyev dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar muammolarini yechish uchun takliflar berdi

O‘zbekiston prezidenti dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun umumiy tahdid va muammolarni yengib o‘tish bo‘yicha takliflar berdi. Tranzit kafolatlari to‘g‘risidagi global bitim, logistika integratsiyasiga ko‘maklashish jamg‘armasi, Zaiflik global indeksi shular jumlasidan. gazeta.uz »

2025-8-5 13:37

Bojxona sohasida tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

Bojxona qo‘mitasi huzurida appelyatsiya kengashi tashkil etildi. Kengash bojxona sohasida tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq murojaatlarni o‘rganadi. Kengash, shuningdek, tadbirkorlarning murojaatlariga oid taklif va tavsiyalardan iborat xulosalar tayyorlashi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-8-1 13:12

“Qayta ko‘rib chiqish imkoniyati bor”. Energetika vaziri o‘rinbosari — elektr energiyasi hisobini oilabay yuritish taklifi haqida

Qonunchilik palatasi deputati ba’zi xonadonlarda bittadan ortiq oila yashashi sabab elektr energiyasini xonadonbay emas, oilabay hisoblash kerakligi haqida fikr bildirdi. Energetika vaziri birinchi o‘rinbosari bu bo‘yicha deputatlar tomonidan taklifi kiritilsa, qayta ko‘rib chiqish imkoniyati borligini bildirdi. gazeta.uz »

2025-6-4 13:00

Markaziy bank asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishni keyingi haftaga qoldirdi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha 13-martga belgilangan boshqaruv yig‘ilishini 20-martga qoldirdi. Bunda fevral yakunlari bo‘yicha asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va savdo hamkorlar iqtisodiyoti bo‘yicha ma’lumotlar martning ikkinchi yarmida e’lon qilinishi inobatga olingan. gazeta.uz »

2025-3-13 08:27

O‘zbekistonda ID karta, xorijga chiqish pasporti va haydovchilik guvohnomasi uchun “chiroyli” raqamlar sotuvini joriy etish rejalashtirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi ID kartalar, xorijga chiqish pasportlari va istalgan raqamlar kombinatsiyasiga ega haydovchilik guvohnomalarini yuqori to‘lov evaziga berish xizmatini yo‘lga qo‘yishni taklif etuvchi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi. gazeta.uz »

2025-2-28 16:18

Namanganda chiqindini olib chiqish uchun iste’molchilardan noqonuniy ravishda 18 mlrd so‘mdan ortiq undirildi

Namanganda 1,1 mln iste’molchidan chiqindini olib ketish uchun 18 mlrd so‘m noqonuniy undirildi. Moliyachi Otabek Bakirov barcha chiqindi chiqarish korxonalari faoliyatini tekshirish va tizim to‘liq raqamlashtirilgunga qadar chiqindi qarzdorligi uchun elektrdan cheklash qonunini joriy etishni kechiktirishni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-2-12 20:57

“Maktab darsliklarining ijara to‘lovlari masalasini qayta ko‘rib chiqish kerak” — deputat Alisher Qodirov

Deputat Alisher Qodirov maktab darsliklarining ijara to‘lovini joriy etish masalasini qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytdi. U, shuningdek, o‘qituvchilarning maoshlarini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi: “Yaxshi o‘qituvchilar ko‘proq, yomon ishlayotganlar esa kamroq oladigan raqobatli tizim yarataylik”, - dedi u. gazeta.uz »

2024-12-3 08:35

“Eng muhimi — Trampni yengish”. Bayden — prezidentlik poygasidan chiqish qarori haqida

Jo Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida Donald Trampning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik va demokratiyani saqlab qolish uchun bo‘lajak saylovlardan voz kechgani haqida gapirdi. “Prezidentlik katta sharaf bo‘lsa ham, eng muhimi - biz Trampni mag‘lub etishimiz kerak, kerak, kerak”, - dedi u. gazeta.uz »

2024-8-13 09:23

Ma’muriy jarimalarning huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda

Strategik islohotlar agentligi ma’muriy jarimalar miqdorining huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirganlik uchun 8,5 mln so‘m, mashinalarning piyodalar yo‘laklarida harakatlangani uchun 170 ming so‘m jarima solinadi. gazeta.uz »

2024-7-9 13:06

“Dok-1 Maks” ishi: Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi

Fevralda “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha birinchi instansiya sudi tugab, 23 ayblanuvchiga hukm o‘qilgandi. Hukmdan norozi yetti sudlanuvchi apellyatsiya shikoyati kiritdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida apellyatsiyani ko‘rib chiqish 15-aprel kuni davom ettirildi. Tafsilotlar - “Gazeta.uz” reportajida. gazeta.uz »

2024-4-15 18:47

Toshkentda bir qator loyihalar konsepsiyasini ishlab chiqish uchun 825 mln so‘m ajratildi

Toshkent shahri hokimligi prezidentning poytaxtdagi ikki tumanga tashrifi yakunlari bo‘yicha loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqishga 825 mln so‘m ajratdi. “Chorsu” va “Eski jo‘va” bozorlari rekonstruksiyasi, “turizm halqasi”da yo‘laklar, mahallalarda mikro bog‘lar qurish va boshqalar shular jumlasidan. gazeta.uz »

2024-4-5 12:15

Yangi vagonlar ishlab chiqish bo‘yicha dizayner va muhandislar o‘rtasida tanlov e’lon qilish kerak — prezident

Prezident O‘zbekistonda elektropoyezdlar va metro poyezdlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi, poyezdlar dizaynini o‘zgartirib, yo‘lovchilarga qulaylikni oshirishni buyurdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari ushbu poyezdlar import qilinayotganlaridan ancha arzon ekanini aytdi. gazeta.uz »

2024-3-20 18:38