2025-10-21 12:26 |
O‘zbekiston sun’iy intellekt bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun 50 million dollar evaziga 16 ta super kompyuter sotib oladi. 2026-yil bu mablag‘ 2 karra oshiriladi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
2025-10-21 12:26 |
O‘zbekiston sun’iy intellekt bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun 50 million dollar evaziga 16 ta super kompyuter sotib oladi. 2026-yil bu mablag‘ 2 karra oshiriladi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Global ekologik fond O‘zbekistonga o‘rmonlardan yaylovlargacha bo‘lgan 1,3 mln gektardan ortiq landshaftni tiklash uchun 6 mln dollar ajratmoqda. Milliy EcoLand loyihasi GEFning Amerika va Afrikadagi 20 ta davlatni qamrab olgan global dasturining bir qismiga aylandi. gazeta.uz »
2025-11-28 17:05
Afg‘onistonda O‘zbekiston bilan qiymati 250 mln dollarlik qo‘shma energoloyihalar boshlandi. Unga yangi elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalar, jumladan, 500 kV quvvatli “Surxon - Puli-Xumri” hamda Nangarhor va Kobuldagi obyektlarni qurish kiradi. Ishlarni 2027-yil 1-aprelgacha yakunlash rejalashtirilgan. gazeta.uz »
2025-09-08 17:59
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 28-avgust kuni 38 milliondan oshdi. Bunda erkaklar 19,1 mln, ayollar esa 18,8 mln nafar atrofida tashkil etmoqda. gazeta.uz »
2025-08-28 07:54
Uch oy davomida 1,1 mln holatda banklar mijozlarning arizasida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq miqdorda mikroqarz bergan. O‘zbekiston Markaziy banki bunday “agressiv amaliyot”ni, shuningdek, shartnomada belgilangan muddatdan oldin to‘lovlarni hisobdan chiqarishni taqiqlashni taklif qilmoqda. gazeta.uz »
2025-08-15 13:32
O‘zbekiston mamlakatdagi to‘rtinchi yirik mobil aloqa operatori Mobiuz’ni sotishdan 300 mln dollar daromad olishni kutmoqda, deb yozmoqda Bloomberg. Rasmiylar Qatar, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon va Yevropa investorlarining qiziqishiga umid bildirmoqda. gazeta.uz »
2025-07-16 17:08
Bokudagi “O‘zbekiston” bog‘iga kiritilgan investitsiyalar hajmi 80 mln dollarga baholanmoqda. Loyiha Samarqand, Buxoro, Xiva uslubidagi me’moriy obyektlar, ustaxonalar, milliy taomlar restoranlari, plyaj, okeanarium, do‘konlar va boshqalarni qurishni nazarda tutadi, dedi tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev. gazeta.uz »
2025-07-03 13:53
Moskvadagi Vnukovo aeroportida Interpol orqali O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Xabar qilinishicha, u firma rahbari bo‘lib ishlagan vaqtida 9 mln dollar kredit olib, uni qaytarmay, xorijga g‘oyib bo‘lgan. gazeta.uz »
2025-05-15 21:06
Saudiya Arabistonidagi forumda O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 40 mln dollarlik grant shartnomasi imzolandi. Loyiha 6 ta asosiy yo‘nalishni, jumladan, inklyuziv maktablar qurish va o‘quv dasturlarini takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. gazeta.uz »
2025-04-14 19:57
O‘zbekiston fuqarosi Seuldagi turar joy majmuasidan 5,1 mln dollarga hashamatli kvartira sotib oldi va Janubiy Koreyada xorijliklar uchun ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda The Korea Herald gazetasi yozmoqda. gazeta.uz »
2025-03-11 18:14
Prezident 200 million so‘mgacha bo‘lgan kafolatlangan omonat chegarasini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi (boshqa mamlakatlarda ham cheklovlar mavjud). Mazkur limit omonatchilar mablag‘larining 97 foizini qamrab oladi. Amaldagi depozitlar uchun to‘liq kafolat saqlab qolinadi. gazeta.uz »
2025-02-19 15:43
O‘zbekiston besh yilda 2 mln gektardan ortiq degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashi kerak, deya ta’kidladi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov. Uning aytishicha, bunday loyihalar katta moliyaviy resurslar talab qiladi. gazeta.uz »
2024-12-03 12:30
O‘zbekiston oktabr oyida 833,4 million dollarlik oltin sotdi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metall eksporti hajmi $6,6 mlrddan oshdi. 10 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $54,36 milliardni tashkil etdi. gazeta.uz »
2024-11-21 13:56
Sentabrda O‘zbekiston 806,1 mln dollarlik oltin eksport qildi. To‘qimachilik eksporti pasayishda davom etmoqda, meva va sabzavotlar yetkazib berish esa keskin oshdi. Mamlakatga gaz va neft mahsulotlarini katta hajmda import qilish ham davom etmoqda. Turizm iqtisodiyotga 2,4 mlrd dollar hissa qo‘shdi. gazeta.uz »
2024-10-22 18:28
O‘zbekistonning moliyaviy ko‘magida Mozori Sharifda ming talabaga mo‘ljallangan madrasa qurilishi boshlandi. Loyiha uchun 6 mln dollar ajratilgan bo‘lib, obyekt bir yil ichida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »
2024-08-25 07:25
Prezidentga temiryo‘l sohasidagi rejalar taqdimot qilindi. Jumladan, yo‘lovchi vagonlar ishlab chiqarishga 50 mln dollar, lokomativlar olib kelish va elektrovozlarni modernizatsiya qilishga 181 mln dollar ajratish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »
2024-08-06 21:40
Shavkat Mirziyoyevga turizm infratuzilmasini yaxshilashga doir takliflar taqdimot qilindi. Xorijiy turistlarni jalb qilish uchun turizm tashkilotlarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga TTJdan 50 mln dollar kredit liniyasi ochiladi. gazeta.uz »
2024-07-16 20:32
2024-yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekistonga gaz importi 460 mln dollardan oshdi (aprelda - 102,6 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobar ko‘p. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 52,3 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 410 mln dollarga yetdi. gazeta.uz »
2024-05-21 10:55
O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilish, shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash, Transafg‘on temiryo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish loyihalarini amalga oshirish niyatida, deb xabar berdi Afg‘oniston TIV. gazeta.uz »
2024-05-16 17:37
OPEK jamg‘armasi va O‘zbekiston o‘rtasida besh yillik hadli bitim imzolandi, unga ko‘ra, mamlakatning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratiladi. gazeta.uz »
2024-05-03 16:14
2024-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonga gaz importi 360 mln dollardan oshdi (martda - 152,9 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar ko‘pdir. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 45,4 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 314,8 mln dollar bo‘ldi. gazeta.uz »
2024-04-24 10:09
O‘zbekiston hukumati “shimoldan” gaz importi hajmini oshirish uchun magistral gaz tizimini 500 mln dollarga modernizatsiya qilmoqchi. O‘zbekiston hozirda bu yo‘nalish orqali Rossiya gazini oladi. gazeta.uz »
2024-02-20 18:20