Ðåçóëüòàòîâ: 15

Rossiyaning Amur viloyatida YTHga uchragan avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan — Migratsiya agentligi

Rossiya OAV Amur viloyatida yengil avtomobil va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashgani, yo‘lovchilar Turkiya, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ekanini yozgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi bu hodisada vatandoshlar bo‘lmaganini bildirdi. Hodisa tufayli 46 kishi jarohatlangan, 1 kishi vafot etgan. gazeta.uz »

2025-10-17 15:19

“Fuqarolar davlat himoyasida”. O‘zbekiston TIV Rossiyada haqoratga uchragan haydovchi voqeasidan so‘ng bayonot berdi

Rossiyada mahalliy fuqaro o‘zbekistonlik ekani aytilgan taksi haydovchisini haqorat qildi. “Sen ruslarning qulisan. O‘zbekistonda hech narsa yo‘q, shuning uchun bizga kelgansan”, - deydi u. O‘zbekiston TIV mamlakat fuqarolari davlat himoyasida ekanini eslatib, huquqi buzilganlardan murojaat qilishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-8-28 08:48

Saudiya Arabistonida maishiy zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Saudiya Arabistonining Dammam shahrida maishiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi. U xorijlik turmush o‘rtog‘ining g‘ayriinsoniy tazyiqi ostida qolgan va O‘zbekistonga qaytarishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan. Unga viza rasmiylashtirilib, O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi. gazeta.uz »

2025-8-14 09:13

TDTU talabalari Rossiyaning hujumga uchragan shahriga o‘qishga yuborilayotganini aytib prezidentga murojaat qildi, OTM raddiya berdi

Tarmoqlarda Toshkent davlat tibbiyot universitetining 5-bosqich talabalari ularni Ukraina hujumiga uchragan Nijniy Novgorodga jo‘natilayotganini aytib, prezidentga murojaat qilib chiqdi. Universitet bu talabalar bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-8-12 13:29

Buxoroda saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasining yetti nafar inspektori tabiatni muhofaza qilish borasidagi jasorat va fidoiyligi uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular Peshku tumanining Safron cho‘l massivida reyd tadbiri o‘tkazish chog‘ida saksovulfurushlar tomonidan kaltaklangan edi. gazeta.uz »

2025-8-4 15:18