Ðåçóëüòàòîâ: 33

Toshkentda Saudiya kompaniyasi yuqori voltli kabel mahsulotlari ishlab chiqaradi

Saudiyaning Riyadh Cables Group kompaniyasi bilan Toshkentda yuqori voltli kabel mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolandi. Loyiha qiymati 122 mln dollar bo‘lib, yiliga 24 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi hamda 340 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. gazeta.uz »

2025-10-29 10:55

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni 4 mlrd dollarlik kelishuvlarni imzoladi, loyihalar umumiy portfeli 30 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 4 mlrd dollarlik 10 ta hujjat imzolandi. Qo‘shma tashabbuslar umumiy portfeli 30 mlrd dollarga yetdi. InterHealth loyihasi imzolanishi, o‘ta yuqori kuchlanishli kabellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-10-20 14:40

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi. Shuningdek, Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. “O‘zbekiston rivojiga katta hissa qo‘shayotgan saudiyalik hamkorlarimizni biz doim yuksak qadrlaymiz”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2025-10-15 14:48

Saudiya Arabistonida maishiy zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Saudiya Arabistonining Dammam shahrida maishiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi. U xorijlik turmush o‘rtog‘ining g‘ayriinsoniy tazyiqi ostida qolgan va O‘zbekistonga qaytarishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan. Unga viza rasmiylashtirilib, O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi. gazeta.uz »

2025-8-14 09:13

Putin bilan uchrashuv Saudiya Arabistonida o‘tishi mumkin, Kiyevning NATOga a’zoligi “ehtimoldan yiroq”. Tramp — Ukrainadagi urush tugashi haqida

Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Saudiya Arabistonida uchrashish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini “real” deb hisoblamasligini aytdi va mamlakatning 2014-yilgi chegaralariga qaytishini “ehtimoldan yiroq” deya atadi. gazeta.uz »

2025-2-13 14:13

Saudiya Arabistoni Nukusdagi issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilashi rejalashtirilmoqda

Prezidentga Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilishi reja qilingan investitsiya loyihalari taqdim etildi. Saudiya Arabistoni bilan Nukus shahrida issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, Ispaniya bilan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish hamda Germaniya bilan misni qayta ishlash loyihalari rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-8-19 15:07