Ðåçóëüòàòîâ: 28

“Bolalik sotiladi”. O‘zbekistonda haligacha bolalar jinsiy ekspluatatsiyasi uchun jazo yo‘q

O‘zbekistonda bolalar jinsiy ekspluatatsiyasi mamlakatning xalqaro majburiyatlariga qaramay, hanuz alohida jinoyat tarkibi sifatida belgilanmagan. Irina Matviyenko ushbu huquqiy bo‘shliq bolalarga qarshi bunday jinoyatlarni “ko‘rinmas” qilayotgani va aybdorlar jazodan qutulib qolishiga yo‘l ochayotgani haqida yozadi. gazeta.uz »

2026-5-12 10:56

Andijonda qizni jinsiy aloqa uchun sotishga urinishdi. Ayblanuvchiga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Nemolchi.uz bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi yana bir jinoyat haqida xabar qildi. Andijonda IIB xodimlari bir qizning 1 mln so‘mga jinsiy aloqa uchun sotilishi oldini olgan. Biroq sud ishni odam savdosidan yengilroq modda - qo‘shmachilik sifatida qayta malakalab, ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. gazeta.uz »

2026-5-8 13:25

O‘zbekistonda jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni tergov qilish vakolatini prokuraturaga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Deputatlar jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar va odam o‘limiga sabab bo‘ladigan ayrim ishlarni tergov qilish vakolatini prokuraturaga o‘tkazish haqidagi qonunni qabul qildi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni nomusiga tegishda ayblangan mahbuslarni manzil-koloniyalarga o‘tkazmaslik ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-11 09:26

Odam savdosi va jinsiy zo‘ravonlikda ayblanayotgan, O‘zbekistonda tantanali kutib olingan Endryu Teyt haqida nimalar ma’lum? Obzor

Odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya va zo‘ravonlikda ayblanayotgan Endryu Teyt, shuningdek, uning ukasi Tristan Teytning O‘zbekistonda tantanali kutib olinishi jamoatchilik tanqidiga sabab bo‘ldi. Gazeta Endryu Teyt shaxsi hamda aka-ukalarga e’lon qilingan ayblovlar bo‘yicha obzor tayyorladi. gazeta.uz »

2026-4-9 05:52

O‘zbekistonda jinsiy erkinlik va oilaga qarshi jinoyat sodir etganlarni monitoring qilish uchun “crime map” joriy etiladi

O‘zbekistonda jinsiy erkinlik, oila va yoshlarga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslar “jinoyatlar xaritasi” va maxsus reyestr yordamida monitoring qilinadi. Ular korreksiya dasturlaridan o‘tishga majbur bo‘ladi hamda voyaga yetmaganlar bilan aloqa mavjud bo‘lgan sohalarda ishlashi taqiqlanadi. gazeta.uz »

2026-3-11 01:28

Toshkentdagi mehmonxonada ayol hamkasbini yostiq bilan bo‘g‘ib, jinsiy aloqa qilishga uringan erkak 5 sutkaga qamaldi

Musobaqada qatnashish uchun Toshkentga yuborilgan Namangandagi banklardan birining erkak xodimi mehmonxonada ayol hamkasbiga shilqimlik qildi. Jabrlanuvchining aytishicha, u hamkasbining jinsiy aloqada bo‘lish taklifiga rozi bo‘lmagach, erkak uni yotqizib, yostiq bilan bo‘g‘gan. Huquqbuzar 5 sutkaga qamaldi. gazeta.uz »

2026-2-20 13:45

Jazoning kuchaytirilishi va uning muqarrarligi. Yuristlar — bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoyalash haqida

14 yoshga to‘lmagan bolani zo‘rlagani uchun sudlangan shaxs umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga o‘tgach, u yerni tark etib, yaqinda 9 yoshli qizni zo‘rladi. Gazeta yuristlar bilan bunday holatlar takrorlanmasligi uchun huquqni qo‘llashda nimalar o‘zgarishi kerakligi haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2025-11-7 21:56

Bolalarga zo‘ravonlik, jinsiy tarbiya, pedofillarga o‘lim jazosi: BMT bosh kotibining maxsus vakili bilan intervyu

BMT Bosh kotibining maxsus vakili Najat Maala Toshkentga qilgan tashrifi chog‘ida “Gazeta.uz”ga intervyu berdi. U bolalarga zo‘ravonlik, jinsiy tarbiya kabi muhim masalalar haqida gapirdi. “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ayollarga bo‘lgan zo‘ravonlik va gender kamsitish stereotipi bilan bog‘liq”, - deydi Maala. gazeta.uz »

2025-4-29 19:43

AQSh Xorazmda jinsiy jinoyatlarda ayblangan sobiq amaldorlarga nisbatan sanksiyalar kiritdi

AQSh Moliya vazirligi O‘zbekistonning ikki sobiq davlat xizmatchisi va mehribonlik uyi sobiq rahbariga inson huquqlarini jiddiy buzgani uchun sanksiyalar kiritdi. Gap “Xorazm ishi” bo‘yicha Urganchdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlikda ayblanganlar haqida ketmoqda. gazeta.uz »

2024-12-3 20:07