O‘zbekiston aeroportlari yilning birinchi choragida salkam 4 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston aeroportlari 4 millionga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19 foizga ko‘pdir. Uzbekistan Airports hisobotiga ko‘ra, aviareyslar soni 30 mingdan oshgan, yuk tashish hajmida esa 14 foizlik o‘sish qayd etilgan. gazeta.uz »



