“Asakabank”ni xususiylashtirish jarayoni tezlashtiriladi, YeTTB uning 15% aksiyasini sotib olishi mumkin
“Asakabank”ni xususiylashtirishni jadallashtirish to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Qaror bankning 15 foizgacha aksiyalarini YeTTBga sotish imkoniyatini nazarda tutadi. Hujjatda, shuningdek, bankni davlat hisobidan 95 mln dollarga qo‘shimcha kapitallashtirish va muammoli kreditlarni qoplash mexanizmi ham ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »





