Ðåçóëüòàòîâ: 24

Yil oxirigacha O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6% gacha kamayishi kutilmoqda. Kelgusi yilgi maqsad — 4,5%

Prezident aholi bandligi va kambag‘allikni kamaytirishni muhokama qildi. Yil oxirigacha uning darajasi (yil boshidagi 8,9% dan) 6% ga, kelgusi yil esa 4,5% gacha tushishi kerak. Eng muammoli mahallalarga e’tibor qaratish, elektr, internet, tomorqadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish vazifasi qo‘yildi. gazeta.uz »

2025-12-9 20:35

Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 9,6 foiz emas, balki 16,8 foiz bo‘lardi — Jahon banki

Jahon bankiga ko‘ra, o‘zbekistonlik muhojirlar oqimi Qirg‘iziston va Tojikistonga qaraganda xilma-xilroq: ularning 57 foizi Rossiyani tanlaydi, 15 foizi Qozog‘istonda, 10 foizi Ukrainada ishlamoqda. O‘zbekiston YAIMda migrantlar o‘tkazmalari ulushi 14 foizni tashkil etadi, bu ham qo‘shnilarga qaraganda kamroq. gazeta.uz »

2025-3-11 15:32

Noyabrda O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi oxirgi 15 oydagi maksimumga yetdi

Noyabrda O‘zbekiston aholisi orasida sezilgan inflyatsiya darajasi 14,1 foizgacha ko‘tarildi, deya xabar berdi Markaziy bank. Bu oxirgi 15 oydagi maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi. Respondentlarning aksariyati go‘sht, sut, benzin, yoqilg‘i, elektr energiyasi va gaz narxlari keskin oshganini qayd etgan. gazeta.uz »

2024-12-12 15:26

Mulohaza: O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasaymoqda. Lekin bu chuqur demografik muammodan dalolat emas

O‘zbekistonda tug‘ilish darajasining pasayishi butun dunyoda kuzatiladigan tendensiyaning aksini ko‘rsatmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Mirkomil Xolboyev keng muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur mavzuni tahlil qilib, bu borada ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ayrim savollarga javob berishga harakat qildi. gazeta.uz »

2024-11-19 13:19

Toshkent — YTHlardagi o‘lim darajasi bo‘yicha dunyoda birinchilardan. Muammoni qanday hal etishmoqchi?

Toshkent yo‘llaridagi o‘lim darajasi butun dunyoda ham eng yuqorilaridan hisoblanadi. YHXB statistikasi haqiqiy kartinani ko‘rsatmasligi mumkin. Xavfsizlikni ta’minlash uchun hokimlik huzuridagi “Tashkent Invest” kompaniyasi choralar dasturini ishlab chiqqan. “Gazeta.uz” muammolar va yechimlar haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2024-5-23 14:40