O‘zbekistonda oltin quymalar narxi rekordi yil boshidan beri 30-marta yangilandi
17-sentabrda O‘zbekistonda oltin quymalar narxi bir kunda 0,36 foizga o‘sib, 1 510 660 so‘mga yetdi (bir grammi uchun). Mahalliy bozorda oltin narxi rekordi yil boshidan beri 30-marta yangilandi va yillik hisobda 38,3 foizga qimmatlashdi. MB yanvarda 100 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqargan. gazeta.uz »