Toshkentda transformator yonib ketdi, 6,2 ming xonadon elektrsiz qoldi
Toshkentning Olmazor tumanidagi “Vistavochnaya” podstansiyasida transformator yondi. Yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirilgan bo‘lsa-da, avariya oqibatida 6,2 ming xonadon, 807 ta yuridik iste’molchi va 18 ta ijtimoiy obyektning elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi. FVBBga ko‘ra, hodisada hech kim jabrlanmagan. gazeta.uz »