Muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotganlik uchun jarimalar 3 barobarga oshirildi
O‘zbekistonda muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotganlik uchun jarimalar 3 barobarga - 12,36 mln so‘mgacha oshirildi. Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi iste’molchilar shikoyatlarini qabul qilish uchun “Iste’molchi murojaati” axborot tizimini ishga tushiradigan bo‘ldi. gazeta.uz »

