Ðåçóëüòàòîâ: 16

DXX Namanganda attestatsiya imtihonlarida o‘qituvchilarga masofaviy yordam beruvchi “bunker”ni fosh qildi

DXX Namanganda attestatsiya imtihonlari paytida o‘qituvchilarga pul evaziga masofadan yordam berib kelgan “bunker”ni aniqladi. Tezkor tadbirda 12 nafar o‘qituvchi, jumladan, maktab direktori o‘rinbosari va universitet bo‘limi boshlig‘i ushlandi. Ular ikki oyda $25 ming ishlagan. gazeta.uz »

2025-11-21 21:35

Toshkentda chiqindi tashuvchi mashinalar harakatini kuzatish imkonini beruvchi “Toza poytaxt” tizimi ishga tushdi

Chiqindi tashuvchi texnikalar harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi Tozapoytaxt.uz axborot tizimi ishga tushirildi. Shu bilan birga, aholining chiqindilar sohasidagi shikoyat va murojaatlarini qabul qilish Xalqnazorati.uz platformasi orqali markazlashgan tarzda olib borilmoqda. gazeta.uz »

2025-11-12 11:18

Homiladorlik va mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini endi ish beruvchi emas, davlat to‘laydi

2026-yildan boshlab homiladorlik va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini ish beruvchilar emas, Ijtimoiy himoya jamg‘armasi to‘laydi. Prezidentga taqdimotda aytilishicha, hozirgi tizim xususiy sektor uchun jozibador emas, “ortiqcha yuklama” - mahsulot tannarxi oshib, raqobatbardoshlikka ta’sir ko‘rsatmoqda. gazeta.uz »

2025-10-29 17:45

“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi maktab o‘quvchilari” — viloyat YHXB boshlig‘i

Namangan viloyati YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyev avtomobillarni ijaraga beruvchi “Namangan yezda” Telegram kanalining 90 foizi voyaga yetmaganlar, asosan, maktab o‘quvchilari ekanini ma’lum qildi. Avtomobilni ijaraga berayotgan shaxslarning ko‘pchiligi esa o‘zi avtomobilini ijaraga olgan yoki kredit to‘layotganlar. gazeta.uz »

2025-4-27 10:10

“Zapravkalar” va ulardagi narxlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushdi

Avtomobilga benzin, metan va propan quyish, elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari haqida ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushirildi. U orqali haydovchilar qayerda yoqilg‘i quyishni tanlashi, narxlarni solishtirishi, “zapravka”lardagi qo‘shimcha qulayliklardan xabardor bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »

2024-11-20 13:49

Pnevmatik, signal beruvchi va tig‘li sovuq qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda

Deputatlar qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi bo‘yicha qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat bilan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda. gazeta.uz »

2024-2-20 09:56