Boysundagi archazorda ro‘y bergan yirik yong‘in 13 soatdan ko‘proq vaqt ichida o‘chirildi
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi archazorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 200 ga yaqin xodim va fuqaro, yong‘in-qutqaruv ekipajlari, harbiy vertolyot va uchuvchisiz uchish vositalari jalb qilindi. Hodisa 13 soat 25 daqiqada bartaraf etildi. gazeta.uz »