Ðåçóëüòàòîâ: 34

Toshkentda Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti binolari 886,6 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yildi

Toshkentdagi Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universitetining o‘quv binolari 886,6 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan auksionga qo‘yildi. Xaridor obyekt negizida xususiy ta’lim muassasasi tashkil etishi kerak bo‘ladi, obyektning o‘zi esa universitet Yangi Toshkentga ko‘chirilganidan keyin topshiriladi. gazeta.uz »

2026-6-23 13:41

O‘zbekistonda Belgrad universiteti filialini ochish rejalashtirilmoqda

Belgrad universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov. Bundan tashqari, Novi-Sad universiteti bilan ham qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-11-3 13:50

Urganchda Al-Xorazmiy universiteti ochiladi, u sun’iy intellekt va aerokosmik muhandislik mutaxassislarini tayyorlaydi

Xorazmda 2025/2026 o‘quv yilidan faoliyat boshlaydigan Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi. U sun’iy intellekt, aerokosmik muhandislik, matematika va informatika bo‘yicha ta’lim beradi. Darslar o‘zbek va ingliz tillarida, kredit-modul tizimida olib boriladi. gazeta.uz »

2025-5-1 20:05

Agrar universiteti yotoqxonasining qurilishi ko‘plab kamchilik va sifatsiz ishlar tufayli to‘xtatildi

Toshkentdagi agrar universitet hududida qurilayotgan yangi yotoqxona binosida loyihaga zid qurilish ishlari bajarilgani tufayli jarayon to‘xtatildi. Ma’lum bo‘lishicha, kamchiliklar ortidan buyurtmachi, loyiha va pudratchi tashkilotlarga jami 14 ta ko‘rsatma berilishi va jarimaga qaramay, qurilish ishlari davom etgan. gazeta.uz »

2024-10-18 11:42

AQShning Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi O‘zbekistonga ijtimoiy himoya tizimini yo‘lga qo‘yishda yordam beradi

O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi va AQSh Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etdi. U aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy xodimlarni tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi. gazeta.uz »

2024-6-28 14:55