Ðåçóëüòàòîâ: 264

Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” bosh yuriskonsulti firibgarlikda gumonlanib ushlandi

Toshkent viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” bosh yuriskonsulti prokuratura kamomad aniqlagan korxona mansabdorlaridan taftish tekshiruvi natijalarini ijobiy hal qilib berish evaziga firibgarlik bilan 8400 dollar talab qilgani aytilmoqda. U DXX xodimlari tomonidan qo‘lgan olingan. gazeta.uz »

2025-11-15 13:39

Toshkent viloyatida 200 ming kishilik CA Smart City — “aqlli shahar” qurish rejalashtirilmoqda. Nimalar ma’lum?

Ohangaronda 6400 gektar maydonda 10 mlrd dollarlik investitsiya bilan ingliz huquqini tatbiq etuvchi “aqlli shahar” qurilishi rejalashtirilmoqda. Tashabbuskor Going Investment uni MOdagi eng yirik savdo, sanoat va moliya markazi sifatida ko‘rmoqda. Tramvay liniyasi va universitet qurilishi ham mumkin. gazeta.uz »

2025-11-6 19:54

Rossiyaning Amur viloyatida YTHga uchragan avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan — Migratsiya agentligi

Rossiya OAV Amur viloyatida yengil avtomobil va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashgani, yo‘lovchilar Turkiya, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ekanini yozgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi bu hodisada vatandoshlar bo‘lmaganini bildirdi. Hodisa tufayli 46 kishi jarohatlangan, 1 kishi vafot etgan. gazeta.uz »

2025-10-17 15:19

Toshkent viloyatida prokuraturaning ikki xodimi 25 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki xodimi fuqarodan 25 ming dollar olayotganida ushlangani aytilmoqda. Ular jinoyat ishini ayblanuvchilar foydasiga hal qilish va soliq tekshiruvlarini noqonuniy, deb topib berishni va’da qilgan. DXXga ko‘ra, mansabdorlar oldin ham 108 ming dollar olgan. gazeta.uz »

2025-10-8 12:39

“Qachon boshlaysizlar?” “O‘zatom” rahbari Jizzax viloyatida AES qurilishiga aholining munosabati haqida

Jizzax aholisi AES qurilishini qo‘llab-quvvatlamoqda va ishlarning boshlanishini kutmoqda, deb ma’lum qildi “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev Moskvada bo‘lib o‘tgan World Atomic Week forumida. Uning aytishicha, aholi ushbu loyihani mintaqani rivojlantirish va hayot sifatini oshirish uchun “turtki” deb bilmoqda. gazeta.uz »

2025-9-30 13:52

“Adolat” partiyasi Toshkent viloyatida bolalar ommaviy zaharlangani yuzasidan Bosh prokuraturaga deputatlik so‘rovi yubordi

Qonunchilik palatasidagi “Adolat” partiyasi fraksiyasi Toshkent viloyatida bolalarning ommaviy zaharlangani yuzasidan Bosh prokuraturaga deputatlik so‘rovi yubordi. Partiya hodisa sabablarini tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortish zarurligini bildirdi. gazeta.uz »

2025-9-26 18:28

Toshkent viloyatida aviahalokat holatida qutqaruv operatsiyasi ssenariysi mashq qilindi

FVV, Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, SSV va Uzbekistan Airports’ning taxminan 250 xodimi ishtirokida qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ssenariyga ko‘ra, samolyot halokatga uchraydi va mutaxassislar yong‘inni o‘chirish hamda jabrlanganlarni qutqarish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishni mashq qildi. gazeta.uz »

2025-8-8 07:45

“Antaliyadan qolishmaydigan Aydarko‘l”. Jizzax viloyatida yirik plyaj klasteri yaratilmoqda

O‘zbekistonda Aydarko‘l sohilini mamlakatning plyaj kurortlaridan biriga aylantirish reja qilinmoqda. Aziz Abduhakimovning aytishicha, qurilayotgan turizm klasteri xizmat ko‘rsatish va infratuzilma jihatidan Antaliya, Dubay plyajlaridan qolishmaydi. 29 gektar maydondagi loyiha 220 mlrd so‘mga baholanmoqda. gazeta.uz »

2025-7-23 09:33