Ðåçóëüòàòîâ: 264

Toshkent viloyatida yerga ruxsatnoma, Navoiyda ishga joylashtirish uchun pul olgan mansabdorlar ushlandi

Toshkent viloyatida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xodimlari 20 gektar davlat yeridan tabiiy chim ko‘chirib olishga ruxsat beruvchi hujjatlar uchun 2200 dollar olayotganda ushlandi. Navoiyda esa “Suv ta’minoti” tizimiga ishga kiritish evaziga 500 dollar olgan xodimlar qo‘lga olindi. gazeta.uz »

2026-6-30 10:47

Andijon viloyatida Soliq Mobile ilovasi orqali 35,1 mlrd so‘m keshbek talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura departamenti Andijon viloyatida keshbek sifatida to‘langan 35,1 mlrd so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganini aniqladi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar uch fuqaro nomiga 9 ta kompaniya ochib, 1,1 trln so‘mlik tovar yetkazib berilgani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirgan. gazeta.uz »

2026-6-2 10:47

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida sel keldi. Navoiyda avtomobillar zarar ko‘rdi, aholi vaqtincha ko‘chirildi

Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlarida sellar kuzatildi. Navoiydagi selda avtomobillar zararlandi, soylar yaqinida yashovchi fuqarolar vaqtinchalik xavfsiz hududga ko‘chiridi. Toshkent viloyatida sel avtomobil yo‘llarini kesib o‘tdi. gazeta.uz »

2026-5-22 10:22

Toshkent viloyatida 11-sinf o‘quvchisi tengdoshlari tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Tafsilotlar

Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisi bir guruh o‘smirlar bilan janjal oqibatida vafot etdi. Marhum avval kaltaklangan, so‘ng uning ko‘krak qismiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Marhumning yaqinlari qonuniy chora ko‘rilishini so‘ramoqda. gazeta.uz »

2026-3-11 22:53

Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova bo‘yicha iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz undirilgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlarini ko‘rsatishda iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar asossiz undirilganini aniqladi va xizmat ko‘rsatuvchiga ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. gazeta.uz »

2026-3-3 13:24

Sirdaryo viloyatida Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan fuqaro ozodligi 4 yilga cheklandi

Guliston sudida Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan fuqaro 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. U Rossiyaga ishlashga borib, patent muddati tugagani sababli majburan urushga yollangan. 1 oycha xizmat qilgach, dronlar hujumi oqibatida yaralanib, gospitalga yuborilgan. So‘ng O‘zbekistonga qaytib kelgan. gazeta.uz »

2026-1-9 10:38

2027-yilgacha O‘zbekistonning yana to‘rt viloyatida elektr tarmoqlari xususiy boshqaruvga beriladi

Prezident O‘zbekistonning 4 viloyatida elektr tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Samarqandda boshqaruv Aksa Elektrik`ga o‘tkazilganidan so‘ng, Jizzax, Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ham shunday loyihalar investorlarga taklif etiladi. gazeta.uz »

2025-12-5 12:38