Toshkentda o‘zganing 50 sotix yerini 4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Toshkent qurilish obyektlarini loyihalash kompaniyasi xodimi va makler o‘zlariga tegishli bo‘lmagan 50 sotix yer maydonini tadbirkorga 4 mln dollarga sotmoqchi bo‘ldi. Ular 200 ming dollarni olgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. gazeta.uz »

