Ðåçóëüòàòîâ: 271

Navoiy viloyatida 3 ta korxona ishga tushirilib, 12 ta loyihaning qurilishi boshlandi

Prezident Navoiy viloyatida yangi loyihalarni ishga tushirish marosimida qatnashdi. Xususan, Konimexda yonuvchi slanetslarni qazish va qayta ishlash, Karmanada quyosh foto elektr stansiyasi va elektr energiyasini saqlash tizimi loyihalari qurilishi boshlandi. Navoiy shahrida paxta sellyulozasi korxonasi ishga tushdi. gazeta.uz »

2024-11-1 12:02

Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyatida migrantlarga iqtisodiyot tarmoqlarida ishlash taqiqlanadi

Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyati gubernatorlari ayrim sohalarda mehnat migrantlarini patent bilan ishga jalb qilishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Bunga o‘rmon xo‘jaligi, dori vositalari ishlab chiqarish, taksi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo va boshqa sohalar kiradi. O‘zgarishlar 2025-yildan kuchga kiradi. gazeta.uz »

2024-10-16 15:08

Prezident Toshkent viloyatida “sanoat uchburchagi” ishga tushirilishini ma’lum qildi

Angren, Olmaliq, Ohangaron, Piskent va Ohangaron tumanlarida “sanoat uchburchagi” dasturi amalga oshiriladi, dedi O‘zbekiston prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, tumanlar o‘rtasida kooperatsiya va klaster asosida ishlab chiqarish transport xarajatlari va mahsulot tannarxini qisqartirish imkonini beradi. gazeta.uz »

2024-10-16 11:18

Toshkent viloyatida 30 dan ortiq kobra ilonlar ochiqlikka qo‘yib yuborildi (video)

Yangiyo‘l tumanining Tuyabo‘g‘iz qishlog‘ida fuqaro uyida noqonuniy saqlanuvchi 30 dan ortiq kobra ilon qochib ketdi (Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, qo‘yib yuborilgan). Hozirda ishchi guruh xonadonlarda dorilash ishlarini olib bormoqda, fuqarolarga uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish tavsiya qilindi. gazeta.uz »

2024-10-3 13:33