Ðåçóëüòàòîâ: 12

“Hodisa bankning operatsion faoliyatiga aloqador emas”. Anorbank o‘z egasining Parijda o‘g‘irlab ketilganiga izoh berdi

Anorbank o‘zining yagona aksiyadori Qahramonjon Olimovning Parijda o‘g‘irlab ketilganiga munosabat bildirib, “ushbu hodisa shaxsiy, korporativ bo‘lmagan xususiyatga va bankning operatsion faoliyatiga aloqador emas”ligini ta’kidladi. Bank o‘z ishini odatdagi tartibda davom ettirmoqda. gazeta.uz »

2025-7-3 13:35

2024-yilda sudyalar faoliyatiga aralashish holatlari bo‘yicha 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2024-yilda sud ishlari va sudyalar faoliyatiga aralashuvlar bo‘yicha 3 holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 2 ta holat o‘rganilmoqda. “Sudyalarga nafaqat ijtimoiy tarmoqlar orqali tahdid qilinyapti, balki davlat organlari tomonidan ta’sir o‘tkazish holatlari ham uchramoqda”, - dedi Sudyalar oliy kengashi vakili. gazeta.uz »

2025-2-20 16:20

“Keyingi parlamentga kiritamiz” — AOKA direktori jurnalist faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilanishi haqida

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jurnalist faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda. Asadjon Xodjayevga ko‘ra, dastlabki tergov va surishtiruv ishlarini bajarish kabi qator vakolatlarni AOKAga berish taklif etilmoqda. gazeta.uz »

2024-10-22 10:15

Ekologiya vazirligiga ovchilik faoliyatiga doir qo‘shimcha vakolatlar berildi

Prezident farmoni bilan, ov qilish va ovchilik xo‘jaligini tashkil etishning yangicha tartibi o‘rnatildi. Endi ov faqat xo‘jalik hududida amalga oshiriladi, ov yerlari auksionda 49 yilga beriladi, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytiradiganlar soliq imtiyozlari oladi. Ekologiya vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar yuklandi. gazeta.uz »

2024-7-26 18:35