Navoiy viloyatida 2,4 tonna oltin zaxirasiga ega “Pirali” uchastkasi 99 mlrd so‘mga sotildi
21-avgust kuni E-auksion platformasida Navoiy viloyatidagi oltinga boy “Pirali” uchastkasini geologik jihatdan o‘rganish huquqi bo‘yicha savdolar bo‘lib o‘tdi. G‘olib NBK 111 kompaniyasi bo‘ldi, u 99,09 mlrd so‘m (7,9 mln dollar) taklif qildi, bu boshlang‘ich narxdan 24 barobar ko‘pdir. gazeta.uz »