Ðåçóëüòàòîâ: 12

Antikorrupsiya agentligi “Ezgulik” jamiyati yutgan 500 mln so‘m bekor qilinganiga izoh berdi. Jamiyatning o‘zi nima deydi?

Antikorrupsiya agentligi Gazeta`ga bergan izohida “Ezgulik”ka 500 mln so‘m grant mablag‘i berilmaganini jamiyat rahbari Abdurahmon Tashanov ustidan jamoaviy shikoyat kelib tushgani bilan bog‘ladi. Tashanov bu tuhmat ekani, loyihaga oid harakatlar davlat xaridlari portali orqali amalga oshirilganini aytdi. gazeta.uz »

2026-2-17 12:01

“Ezgulik” jamiyatiga antikorrupsiya loyihasi uchun yutgan 500 mln so‘m grant mablag‘i berilmaydigan bo‘ldi. Nimalar ma’lum?

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish loyihasi uchun yutgan 500 mln so‘m grant mablag‘i berilmaydigan bo‘ldi. Parlament komissiyasiga ko‘ra, Antikorrupsiya agentligi shartnoma imzolamagach, pul Moliya vazirligiga qaytarilgan. “Ezgulik” jamiyati senator hamda agentlikni sudga bermoqchi. gazeta.uz »

2026-2-13 19:34

Zelenskiy antikorrupsiya idoralariga mustaqillikni qaytaradigan qonunni imzoladi

Vladimir Zelenskiy antikorrupsiya idoralariga mustaqillikni qaytaradigan qonunni imzoladi. “Ukraina demokratik davlatdir”, - dedi u. Avvalroq bu idoralarning mustaqilligini cheklovchi qonun qabul qilinishi ortidan namoyishlar bo‘lib o‘tgan, YeI esa moliyalashtirishni to‘liq to‘xtatish haqida ogohlantirgandi. gazeta.uz »

2025-7-31 15:51

Ukrainada antikorrupsiya organlarini mustaqillikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishlar bo‘ldi

Kiyev va Ukrainaning yana bir qancha shaharlarida korrupsiyaga qarshi organlarni mustaqillikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu 2022-yilda Rossiya bosqinidan beri mamlakatda hukumatga qarshi birinchi mitingdir. Vladimir Zelenskiy shunga qaramay qonunni imzoladi. gazeta.uz »

2025-7-23 14:01

Antikorrupsiya agentligi hokimlarning yopiq qarorlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi

Hokimlar imzolayotgan qarorlarning 30 foizdan ortig‘i noqonuniy ravishda yopiq holda qabul qilinmoqda. Ularning ko‘pi davlat xaridlari va budjet mablag‘larini sarflash bilan bog‘liq. Akmal Burxanovga ko‘ra, bunday holatlarga qarshi kurash uchun agentlik bir qator tashkilotlar hamkorligida takliflar ishlab chiqdi. gazeta.uz »

2024-10-17 14:02