O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Mirvohid Azimov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Tashqi ishlar vazirligi tizimida 20 yildan ortiq tajribaga ega. Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatida ham ishlagan. gazeta.uz »
















