2025-11-26 14:32 |
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi g‘olibi bo‘ldi. U finalda xitoylik grossmeyster Vey Yini mag‘lub etdi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
2025-11-26 14:32 |
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi g‘olibi bo‘ldi. U finalda xitoylik grossmeyster Vey Yini mag‘lub etdi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Javohir Sindarov 22 ochko to‘plagan holda nufuzli Saint Louis Rapid & Blitz turnirida ikkinchi o‘rinni egalladi. U ham rapid, ham blits yo‘nalishlarida ikkinchi o‘rinni qayd etdi, shuningdek, Grand Chess Tour umumiy hisobida 5-o‘ringa ko‘tarildi - finalga chiqish zonasidan atigi 0,5 ochko farq bor. gazeta.uz »
2026-08-07 11:40
Javohir Sindarov AQShdagi Saint Louis Rapid & Blitz turnirining rapid qismida 18 ochkodan 11 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi. U barcha to‘qqizta turni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi va oldinda turgan blits bahslarida peshqadamlik qilayotgan Rameshbabu Pragnanandxani ortda qoldirish imkoniyatini saqlab qoldi. gazeta.uz »
2026-08-05 17:01
Javohir Sindarov Grand Chess Tour elita seriyasining so‘nggi bosqichini to‘rtinchi o‘rindan 4 ochko ortda boshlaydi. Uni 27 ta rapid va blits partiyasi, Sinkfild kubogi hamda finalga chiqish uchun kurash kutmoqda. gazeta.uz »
2026-07-31 18:23
Javohir Sindarov AQShda o‘tgan birinchi Daniel Naroditskiy xotira turnirining blits-finalida g‘olib bo‘ldi. U 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, Uesli So, Nakamura va final o‘nligining boshqa ishtirokchilarini ortda qoldirdi. gazeta.uz »
2026-07-06 11:10
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov AQShda o‘tkazilgan birinchi Daniel Naroditskiy xotira turnirining rapid bahslarida g‘alaba qozondi. Yetti turdan so‘ng 6 ochko jamg‘argan holda hindistonlik Aravind Chitambaram bilan birinchi o‘rinni bo‘lishdi, so‘ngra uni blits-tay-breykda 2:0 hisobida mag‘lub etdi. gazeta.uz »
2026-07-04 11:21
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov iyun oyidagi FIDE reytingida jahonning to‘rtinchi eng kuchli shaxmatchisiga aylandi va may oyiga nisbatan bir pog‘ona yuqoriladi. May oyida u Ruminiyadagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, uchinchi o‘rinni egallagandi. gazeta.uz »
2026-06-02 12:09
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Super Chess Classic Romania turnirida uchinchi o‘rinni bo‘lishdi. So‘nggi turdagi durangdan so‘ng u 9 imkoniyatdan 5 ochko to‘plab, 42,5 ming dollar mukofot puli ishlab oldi. Birinchi o‘rinni Vinsent Keymer egalladi. gazeta.uz »
2026-05-24 12:33
Javohir Sindarov Super Chess Classic Romania turnirining 8-turi oldidan birinchi o‘rinni bo‘lishib turgan Yorden van Forestni yengdi. Partiya Chess.com tomonidan “kun partiyasi” deb topildi, Sindarovning o‘zi esa noyob yakunda Garri Kasparovning Yudit Polgar ustidan qozongan mashhur g‘alabasini esladi. gazeta.uz »
2026-05-23 10:09
Grossmeyster Javohir Sindarov Ruminiyadagi turnirda yettinchi turgacha peshqadamlik qilayotgan Vinsent Keymerni mag‘lub etdi. U klassik yo‘nalishdagi 10 ta partiyadan iborat g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi. gazeta.uz »
2026-05-22 10:28
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Super Chess Classic Romania turnirining oltinchi turida qora figuralarda jahon reytingining uchinchi raqamli vakili Fabiano Karuana bilan durang o‘ynadi. Nomzodlar turniridagi muvaffaqiyatidan so‘ng u klassik shaxmat yo‘nalishida hozircha g‘alaba qozona olmayapti. gazeta.uz »
2026-05-21 08:58
Javohir Sindarov Super Chess Classic Romania turnirining beshinchi turida Alireza Firuja bilan durang o‘ynadi. U g‘alabaga yaqin kelgan edi, ammo to‘piq jarohati sabab mehmonxona xonasida o‘ynagan fransiyalik shaxmatchi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Keyingi turda Sindarov Fabiano Karuanaga qarshi dona suradi. gazeta.uz »
2026-05-19 11:16
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Buxarestda o‘tayotgan Super Chess Classic Romania turnirining 4-turida niderlandiyalik Anish Giri bilan durang qayd etdi. Almashinuvlardan keyin pozitsiya durangga yaqinlashganiga qaramasdan, Sindarov imkoniyat izlashda davom etib, raqibini 107-yurishgacha sinovdan o‘tkazdi. gazeta.uz »
2026-05-18 11:57
Javohir Sindarov Super Chess Classic Romania turnirining ikkinchi turida hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Pragnanandhaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu uning o‘tgan yilning sentabr oyidan buyon klassik nazoratdagi ilk mag‘lubiyatidir - bungacha u ketma-ket 53 ta partiyada mag‘lub bo‘lmagandi. gazeta.uz »
2026-05-16 14:37
Shaxmatchi Javohir Sindarov Buxarestdagi Superbet Chess Classic Romania turnirining birinchi turida ruminiyalik grossmeyster Bogdan-Daniel Deak bilan durang qayd etdi. Bu o‘zbekistonlik shaxmatchining Nomzodlar turniridagi g‘alabasidan keyingi ilk klassik partiyasi bo‘ldi. gazeta.uz »
2026-05-15 08:03
Polshada Grand Chess Tour bosqichining 2-kuni yakuniga ko‘ra, Javohir Sindarov 8-o‘ringa tushib ketdi. U barcha uchta partiyada, jumladan, Gukesh bilan bahsda imkoniyatni boy berdi. O‘zbekistonlik sportchi turnir oldidan vaqt nazorati boshqacha bo‘lgani sababli ushbu partiyaga alohida ahamiyat bermasligini aytgandi. gazeta.uz »
2026-05-07 10:47
Javohir Sindarov Polshada o‘tayotgan Grand Chess Tour 2026'ning birinchi bosqichini muvaffaqiyatli boshladi. U rapid yo‘nalishidagi 3 partiyada 6 imkoniyatdan 4 ochko jamg‘ardi. Shaxmatchi 4 nafar grossmeyster bilan birga peshqadam bo‘lib turibdi. gazeta.uz »
2026-05-06 09:03
Kiprda o‘tgan Nomzodlar turnirida g‘olib bo‘lgan Javohir Sindarov prezident tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Grossmeysterga avvalroq “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berilgandi. gazeta.uz »
2026-04-17 15:12
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining 12-turida Xikaru Nakamura bilan tezkor durang o‘ynadi - partiya 35 daqiqada yakunlandi. Shaxmatchi 9 ochko jamg‘ardi va endi g‘alaba ostonasida turibdi: chempionlik uchun qolgan ikki partiyada bor-yo‘g‘i yarim ochko olishi kifoya. gazeta.uz »
2026-04-12 21:34
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining 11-turida Fabiano Karuana bilan durang o‘ynadi. Musobaqa yakuniga uch tur qolganda o‘zbekistonlik shaxmatchining ta’qibchilari bilan oradagi farqi ikki ochkoligicha qolmoqda. gazeta.uz »
2026-04-11 20:59
Javohir Sindarov Nomzodlar turniridagi yetakchiligini yanada mustahkamladi. U Rameshbabu Pragnanandha ustidan ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Raqiblarining parallel kechgan uchrashuvidagi durang natija esa unga turnir yakunlanishiga to‘rt tur qolganda oradagi farqni 2 ochkogacha oshirish imkonini berdi. gazeta.uz »
2026-04-09 19:37
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining 9-turida Mattias Blyubaum bilan durang o‘ynadi. O‘zbekistonlik grossmeyster 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘arib, peshqadamlikni saqlab qolmoqda va eng yaqin ta’qibchisidan 1,5 ochko oldinda bormoqda. gazeta.uz »
2026-04-08 20:46
Grossmeyster Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining yettinchi turida Anish Giri bilan durang o‘ynadi. U biroz ustunlikka ega bo‘ldi, biroq raqib aniq himoyalana oldi. Birinchi davra yakunlariga ko‘ra, 20 yoshli Sindarov 7 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘ardi va ishonchli tarzda peshqadamlikni saqlab qolmoqda. gazeta.uz »
2026-04-05 21:39
Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining 5-turida qora donalarda musobaqaning ikkinchi raqamli favoriti, AQShlik Hikaru Nakamurani yengdi. Sindarov ushbu turnir tarixida startdayoq 5 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘argan ilk o‘yinchiga aylandi. gazeta.uz »
2026-04-03 19:47
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining to‘rtinchi turida asosiy favoritlardan biri - Fabiano Karuana ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. 4 imkoniyatdan 3,5 ochko jamg‘argan grossmeyster yakka o‘zi birinchi o‘ringa chiqib oldi. gazeta.uz »
2026-04-01 22:17
O‘zbekistonlik Javohir Sindarov hamyurti Nodirbek Yoqubboyevni mag‘lub etib, jahon chempionati finaliga yo‘l oldi. U Da’vogarlar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. Yoqubboyev bronza va qolgan so‘nggi o‘rin uchun o‘ynaydi. gazeta.uz »
2025-11-23 16:08
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Shvetsiyada o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha TePe Sigeman & Co nomli nufuzli turnirda 7 o‘yinda 4,5 ochko jamg‘arib, birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan holda g‘olib chiqdi. gazeta.uz »
2025-05-27 14:27