Ðåçóëüòàòîâ: 11

Andijonda ombudsman tekshiruvidan so‘ng vaqtincha saqlash hibsxonasi rahbari IIO tizimidan bo‘shatildi

Ombudsman monitoringida Izboskan tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasida sanitariya-gigiyena va moddiy-texnik ta’minotga oid kamchiliklar, kanalizatsiya tizimi muammolari borligi hamda mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari aniqlandi. Shu sabab VSH rahbari Ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi. gazeta.uz »

2025-8-6 14:31

IIO va Milliy gvardiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun jarima miqdorlari oshirildi

O‘zbekistonda IIO va Milliy gvardiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik uchun qo‘llaniladigan jarimaning eng kam miqdori BHMning 5 baravari etib belgilandi (avval 1 edi). Bir yilda qayta sodir etilganda solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori esa BHMning 30 baravari etib oshirildi (avval 15 edi). gazeta.uz »

2025-8-1 07:59

Video: Samarqandda IIO xodimlari chaqaloqni hojatxona chuquridan qutqarib oldi

Nurobod tumanida IIO xodimlari hojatxonada tug‘ilib, uning chuquriga tushib ketgan chaqaloqning hayotini qutqarib qoldi. 3 kg 700 gramm tug‘ilgan bolaning hozirgi ahvoli yaxshi. Ta’kidlanishicha, ayol beshinchi farzandiga homilador bo‘lganini o‘zi payqamagan. “Tog‘da kiyikdek sakrab yurganman”, - deydi u. gazeta.uz »

2025-3-3 13:26

IIO xodimining to‘xtash talabini bajarmaslik haydovchini bir yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilishi mumkin

O‘zbekistonda IIO xodimlarining to‘xtash talabini bir necha bor bajarmagan haydovchilar bir yilga haydovchilik huquqidan mahrum etilgan holda jarimaga tortiladi. Shuningdek, takroran mast holda va guvohnomadan mahrum qilingandan keyin transport vositasini boshqarish jinoiy javobgarlikka tortiladi. gazeta.uz »

2025-2-22 22:16