Aktrisa Halima Ibragimova vafot etdi
“Mirzo” teatri aktrisasi Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi. Avvalroq uning sog‘lig‘ida muammolar bo‘layotgandi. gazeta.uz »
âàôîò - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
“Mirzo” teatri aktrisasi Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi. Avvalroq uning sog‘lig‘ida muammolar bo‘layotgandi. gazeta.uz »
Toshkent shahridagi “Chorsu” mehmonxonasi xarobasining yuqori qavatiga chiqqan yigit u yerdan tushib ketib vafot etdi. Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi. gazeta.uz »
Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi xonadonlardan birida gaz portladi. Undan oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohati oldi. Xususan, ota va ona voqea oqibatida vafot etdi, 2 nafar voyaga yetmagan qiz shifoxonada. gazeta.uz »
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holatlarning aksariyati Farg‘ona, Xorazm va Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keladi. “Hududgazta’minot” kompaniyasi gaz to‘planganda avtomatik to‘xtatadigan yoki ovozli xabar beradigan uskunalarni o‘rnatishni tavsiya etmoqda. gazeta.uz »
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida shifokorlar aybi bilan homilador qiz va uning homilasi halok bo‘lgani haqida video tarqaldi. SSV shifokorlar bemorning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli operatsiya qilishga qaror qilganini ma’lum qildi. Tekshiruv ishlari boshlandi. gazeta.uz »
Andijonning Asaka tumanida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni Damas urib ketdi. Hodisa oqibatida qiz shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Shahrisabz tumanida tomog‘i shishganidan shikoyat qilib xususiy poliklinikaga borgan 28 yoshli ayol olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, shifokor unga “Seftriakson” antibiotigi va “Deksametazon” preparati aralashmasidan in’eksiya yuborgan. Hozirda o‘lim holati bo‘yicha tergov ishlari ketmoqda. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Bekobod tumanida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Surxondaryoning Denov tumanida 17 yoshli qiz o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning 8-qavatidan yiqilib, vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Samarqand viloyati Jomboy tumanida yo‘l chetida nosoz holda to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan Nexia haydovchisi shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida er-xotin va ularning uyiga mehmonga kelgan yigit qozonxona mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. gazeta.uz »
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 7-sinf o‘quvchisi “Jiguli” mashinasini minib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketdi. U og‘ir jarohatlar bilan shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »
AQShda yashagan turkiyalik sobiq imom, “Xizmat” jamoatchilik harakati asoschisi Fathulloh Gulen 83 yoshida vafot etdi. Turkiya hukumati uni 2016-yilgi davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida ayblab kelar edi, uning o‘zi esa ayblovlarni rad etib kelgan. gazeta.uz »
Nishon tumanida quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan Gentra o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia bilan to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi vafot etdi. gazeta.uz »
Namanganning Kosonsoy tumanida 21 yoshli haydovchi “Jiguli”da turli xavfli manyovrlar qilib harakatlandi. Buning oqibatida mashina “bagaji” ustida o‘tirgan yigit yiqilib tushgan va shifoxonada vafot etgan. gazeta.uz »
Kogon tumanida teatrga ketayotgan o‘quvchilar bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi ortidan 2 nafar o‘quvchi vafot etgandi. Avtobus haydovchisiga sud hukmi o‘qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. gazeta.uz »
Toshkent aeroportida 7-oktabr kuni Dubaydan qaytgan o‘zbekistonlik ayolning tobi qochgan. Rasmiy manbalar ayol soat 18:32 da “tez yordam” mashinasida aeroportdan olib ketilgani haqida xabar berdi. gazeta.uz »
Londonda YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasini boshqargan va o‘z vatanida ko‘plab ijtimoiy loyihalarni amalga oshirgan o‘zbekistonlik Kamola Maxmudova vafot etdi. “Gazeta.uz” 2022-yilda undan intervyu olgandi. gazeta.uz »
Beruniy metro bekati yaqinida jamoat avtobusi ichida yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashib, tashqariga olib chiqildi. Fuqaro tez yordam yetib kelgunga qadar vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. gazeta.uz »
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Nexia haydovchisi yo‘l chetidagi tirkamaga borib urildi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Romitan tumanida hokim yordamchisi sodir etgan YTHda 3-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Haydovchining katta tezlikda harakatlangani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Sergeli tumanida BYD yo‘ldan o‘tayotgan 2015-yilda tug‘ilgan qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari boshlangan. gazeta.uz »
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi. Marhumaning 10 ga yaqin she’riy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, 2011-yilda yozilgan “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin” she’ri mashhur. gazeta.uz »
Toshkent shahrida poyezd 36 yoshli ayolni urib ketdi. U tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi. U “Yana sog‘indim, yana”, “Meni sevib qolsayding”, “Xabaring yo‘q” kabi qo‘shiqlar muallifi edi. gazeta.uz »
1964-yildan beri KVN televizion yumoristik o‘yinlariga boshlovchilik qilgan Aleksandr Maslyakov 83 yoshda vafot etdi. U so‘nggi yillarda kovid va undan keyingi asoratlardan aziyat chekayotgandi. gazeta.uz »
Samarqand tumanida “Jiguli” mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olayotganida Spark yo‘liga chiqib ketib, to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisining 14 yoshli qizi vafot etdi. gazeta.uz »
Taniqli rassom Vladimir Burmakin 87 yoshida vafot etdi. U ko‘plab jahonga mashhur suratlar (jumladan, “Boysun madonnasi”) va Toshkentdagi monumental pannolar (“Paxtakor” metro bekati, “Xalqlar do‘stligi” saroyi va boshqalar) muallifi hisoblanadi. gazeta.uz »
Nijniy Novgorod viloyatida sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik - olti erkak va bir ayol halok bo‘ldi, yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. Vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi. gazeta.uz »
Fanlar akademiyasi prezidenti, fizik olim, professor Behzod Yuldashev 79 yoshida vafot etdi. Uning ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid bo‘lgan. gazeta.uz »
Sud faxriysi Mashkura Safayeva kasallik oqibatida 74 yoshida vafot etdi. U 14 yil Oliy sud sudyasi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi, Qonunchilik palatasi deputati, spiker o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. gazeta.uz »
Mirzaobod tumanidagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola vafot etdi. Bolaning o‘limiga nafas yo‘llari ovqat bilan berkilib qolgani oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan. gazeta.uz »
Fransiyaning mashhur aktyorlaridan biri Alen Delon 88 yoshida vafot etdi. gazeta.uz »
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning otasi, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shgan Sayfiddin Ermatov 71 yoshida vafot etdi. U 1982-yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi ham bo‘lgan. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida kechasi jamoat tartibini buzgani uchun IIB xodimlari tomonidan hushyorxonaga olib ketilayotgan fuqaro qochish maqsadida o‘zini mashinadan tashladi. U jarrohlik amaliyotiga qaramay vafot etdi. gazeta.uz »
Baliqchi tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia 2 avtomobilining 61 yoshli haydovchisi vafot etdi. gazeta.uz »
Samarqand shahrida Labo haydovchisi 9 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bola tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli dorboz va ekolog Tursunali Mamajonov 75 yoshida vafot etdi. gazeta.uz »
Shanba kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida katamaranga gidrotsikl kelib urildi. Oqibatda katamaranda bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi. Hozirda IIB va prokuratura surishtiruv ishlari olib bormoqda. gazeta.uz »
Kattaqo‘rg‘on tumanida Isuzu yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Sergeli tumanida yuqori tezlikdagi Spark qarama-qarshi yo‘ldagi 2 ta mashinaga borib urilgandi. YHXB hodisa oqibatida bir yo‘lovchi vafot etgani va 2 kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Ko‘kdala tumani IIB katta inspektori mast haydovchining pichoq bilan jarohat yetkazgani oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumonlanuvchi ushlandi. gazeta.uz »
“Gazeta.uz” Toshkent viloyati Bekobod shahri IIB binosida kaltaklanib vafot etgani aytilayotgan 43 yoshli erkakning akasi bilan suhbatlashdi. U voqea qanday bo‘lgani, xodimlarning xatti-harakati hamda adolat istayotgani haqida gapirdi. Hozirda ish doirasida 1 nafar IIB xodimi qamoqqa olingan. gazeta.uz »
“Gazeta.uz” manbasiga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 2024-yilgi Haj mavsumida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Avvalroq Saudiya tomoni vafot etganlarning umumiy soni 1300 dan oshganini bildirgandi. gazeta.uz »
Guliston shahridagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo suv ta’minoti” kompaniyasining 3 nafar xodimi gazdan zaharlandi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi, 2 nafari o‘ta og‘ir ahvolda kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. gazeta.uz »
Bekobod shahri IIB binosida vafot etgani aytilayotgan 43 yoshli erkak ishi doirasida bir nafar ichki ishlar xodimi qamoqqa olindi. Marhumning akasi “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida bu voqeada jami 8 nafar xodim ishtiroki bo‘lganini aytmoqda. gazeta.uz »
Bekobod tumanida ukasining sud majlisida janjal ko‘tarib, IIBga olib ketilgan erkak “binoga kirish yo‘lagida” hushini yo‘qotdi. Shifoxonaga olib borilganda uning vafot etgani aniqlangan. IIV buning favqulodda holat sifatida ko‘rilishi va har bir xodimning harakatlari sinchkovlik bilan o‘rganilishini bildirdi. gazeta.uz »
Jahon tillari universitetining 20 yoshli talabasi Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etdi. U kursdoshlari bilan cho‘milmoqchi bo‘lgan, biroq suv oqimi tezligi hamda sovuq bo‘lgani oqibatida oqib ketgan. gazeta.uz »
Yangiqo‘rg‘on tumanida 1995-yilda tug‘ilgan ayol oilada yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab o‘zini yoqib yubordi va vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »