Navoiyda Tico yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, haydovchi vafot etdi
Navoiy viloyatining Nurota tumanida Tico va Sinotruk yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Tico haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan yuk mashinasiga yo‘l bermagan. Oqibatda haydovchi shifoxonada vafot etgan. gazeta.uz »


