Aktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi
Kinoaktyor, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi. U “Vatan” filmi orqali keng tanilgan. U San’at va madaniyat institutida talabalarga ustozlik qilgan. Aktyor intervyularidan birida shunday degan edi: “Biliming bor ekan, shuncha harakat bilan yig‘ding, kimdir olish kerak shuni”.












