Ðåçóëüòàòîâ: 8

Jahon banki O‘zbekistonga talabalarni moliyalashtirish tizimini modernizatsiya qilish uchun 250 mln dollar kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekiston uchun 250 mln dollar miqdoridagi kreditni ma’qulladi. U talabalarni moliyalashtirish tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan EduImkon dasturiga yo‘naltiriladi. Dastur 3 yil ichida 600 ming yoshlar uchun ta’lim kreditlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga yordam berishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-12-12 08:04

O‘zbekiston va Finlyandiya Savdoni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etadi

O‘zbekiston va Finlyandiya prezidentlari muhim minerallar, energetika va mehnat migratsiyasida hamkorlikni muhokama qildi. O‘zbekiston eksporti uchun sertifikatlash laboratoriyalarini ochish, Savdoni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish, 2026-yilda hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi. gazeta.uz »

2025-10-31 17:39

Oq uy AQSh universitetlariga moliyalashtirish evaziga Tramp siyosatini qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi

Oq uy Amerikaning to‘qqiz universitetiga qo‘shimcha moliyalashtirish evaziga Donald Trampning siyosiy dasturini qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. Universitetlar talabalarni qabul qilish, ayollar sporti, so‘z erkinligi va boshqa masalalarda ma’muriyatning ustuvor yo‘nalishlariga mos kelishi talab qilinadi. gazeta.uz »

2025-10-3 19:49

“Tashabbusli budjet” loyihalarini aholi va davlat sherikligi asosida moliyalashtirish yo‘lga qo‘yiladi

1-fevraldan “Tashabbusli budjet”da ayrim loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi. Bunda aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foizi ixtiyoriy moliyalashtirilganda loyihalar g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika budjetidan moliyalashtiriladi. gazeta.uz »

2025-8-30 13:02

Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish 2026-yildan respublika byudjetiga o‘tkaziladi

Prezident qarori bilan kurash sport turini ommalashtirishga oid bir qancha chora-tadbirlar belgilandi. Unga ko‘ra, 2026-yildan boshlab Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish Toshkent hokimligi byudjetidan respublika byudjetiga o‘tkaziladi hamda har yili 4,5 mlrd so‘m ajratiladi. gazeta.uz »

2024-12-23 08:35

Piyodalar yerusti yo‘lida lift va eskalatorlar o‘rnatishni moliyalashtirish masalasi bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi — Toshkent hokimligi

Senatda poytaxtdagi uchta piyodalar yerusti yo‘liga 10 ta lift va 6 ta eskalator o‘rnatish muhokama qilindi. Hokimning birinchi o‘rinbosari buni moliyalashtirish kengash tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng bosqichma-bosqich ko‘rilishini aytdi. gazeta.uz »

2024-8-15 13:44