Ðåçóëüòàòîâ: 5

O‘zbekiston va Finlyandiya Savdoni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etadi

O‘zbekiston va Finlyandiya prezidentlari muhim minerallar, energetika va mehnat migratsiyasida hamkorlikni muhokama qildi. O‘zbekiston eksporti uchun sertifikatlash laboratoriyalarini ochish, Savdoni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish, 2026-yilda hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi. gazeta.uz »

2025-10-31 17:39

O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim ishtirokchisiga aylandi

O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qog‘ozsiz savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi. Hujjat elektron savdo hujjatlarini o‘zaro tan olishga ko‘maklashadi. Bu hamkor davlatlar bilan eksport-import operatsiyalarini tezlashtirish imkonini beradi, deb kutilmoqda. gazeta.uz »

2024-11-15 12:53

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi va uni boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi

Prezident qarori bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashkil etildi. Undagi va “O‘zbekekspertiza”dagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi. gazeta.uz »

2024-3-15 08:43