MB mijozlarning shikoyatlari bilan eng yomon ishlayotgan banklar ro‘yxatini e’lon qilib boradi
Markaziy bank O‘zbekistonda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichlarga ega banklarni ommaga e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Regulyator rahbari Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, buning uchun maxsus indeks ishlab chiqilgan bo‘lib, uni yaqin vaqt ichida e’lon qilish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »