Ðåçóëüòàòîâ: 11

Qurilish maydonidagi daraxtlarni payhon qilish va shikastlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Bino qurilishi va rekonstruksiyasida daraxtlarga kimyoviy moddalar orqali shikast yetkazish, payhon qilish yoki yo‘q qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Tok va portlovchilardan foydalanib ovchilik va baliqchilik, shuningdek, ekologiya inspektorlari ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun jarimalar kuchaytirildi. gazeta.uz »

2024-11-27 17:17

O‘zbekistonda daraxtlarni qasddan quritish va noqonuniy ov uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi

Kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda qasddan daraxtlarni quritish, ularga shikast yetkazish endilikda BHMning 75 baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi. Elektr toki hamda portlovchi va kimyoviy moddalar bilan ov qilganlar esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. gazeta.uz »

2024-11-22 13:15

Daraxtlarni qasddan quritish va noqonuniy ov uchun belgilangan jazolar kuchaytirilmoqda

Kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda qasddan daraxtlarni quritish, ularga shikast yetkazish endilikda BHMning 75 baravarigacha jarimaga sabab bo‘lishi mumkin. Elektr toki, portlovchi, kimyoviy moddalar bilan ov qilganlar esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. gazeta.uz »

2024-10-24 10:37

Samarqandda “Omonqo‘ton” bog‘iga noqonuniy kirib, daraxtlarni kesganlar tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Samarqand viloyatidagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘iga ekskavator va buldozerlar bilan noqonuniy kirib, jami 64 ta daraxt va butaga zarar yetkazgan hamda Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni payhon qilgan shaxslar tabiatga 1 mlrd 115 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. gazeta.uz »

2024-9-13 20:27

Denovda yo‘l qurish uchun minglab daraxtlarni kesish masalasi yana kun tartibiga chiqdi

2023-yil iyulida Ekovazirlik rad javobidan keyin Surxondaryo va Buxorodagi avtomobil yo‘li qurilishida o‘n minglab daraxt kesilishi to‘xtatib qolingandi. Vazirlik “inson hayoti xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan” loyihani amalga oshirish masalasi hukumat komissiyasida ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-9-6 21:03

Toshkentdagi sobiq MXX binosidagi daraxtlarni ko‘chirishga mas’ul kompaniya rahbari fotografga to‘sqinlik qilib, energetik ichimlik sepdi

Ekologiya vazirligi sobiq MXX binosi hududidagi eman daraxtlarini Ulug‘bek qishlog‘iga ko‘chirishga ruxsat bermagan (bunday tartib yo‘q). Jarayonga mas’ul kompaniya rahbari ko‘chirilgan daraxtlarni suratga olmoqchi bo‘lgan fotografga to‘sqinlik qildi. gazeta.uz »

2024-5-30 16:43