Soliq, bojxona, bank xodimlari va tadbirkorlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi
DXX tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida soliq, bojxona, bank xodimlari va hokim o‘rinbosari hamda tadbirkorlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Ushbu guruh 3 yil ichida 8 ta soxta korxona tashkil etib, QQS summasini qaytarib olish orqali 24,5 mlrd so‘m mablag‘larni talon-toroj qilgan. gazeta.uz »
