O‘zbekistonda yarim yilda 9000 dan ortiq kiberjinoyat fosh etildi, 29 trln so‘mning olib chiqib ketilishi oldi olindi — IIV
O‘zbekistonda yarim yil ichida 29 trln so‘mning noqonuniy olib chiqib ketilishi oldi olindi va jinoyatlarga aloqador bo‘lgan 19 mingga yaqin bank kartalari bloklandi, deb xabar berdi IIV. Shu davr mobaynida kiberjinoyatlardan jabr ko‘rgan 13 mingdan ortiq shaxsga 120 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi. gazeta.uz »






