Navoiyda noqonuniy oltin qazish uchun kovlangan chuqurdan uch kishi qutqarildi
Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib olish uchun kovlangan chuqurlikda tuproq bosishi oqibatida uch nafar fuqaro qolib ketdi. Ulardan biri mahalliy aholi tomonidan, yana ikki nafari esa FVB qutqaruvchilari tomonidan qutqarildi. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildi. gazeta.uz »