Shveysariyadagi kurortda portlash va yong‘in tufayli 40 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. O‘zbekiston hamdardlik bildirdi
Shveysariyaning Kran-Montana tog‘-chang‘i kurortidagi barda portlash va yong‘in ro‘y berdi. Oqibatda 40 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, kamida 115 kishi jarohatlandi. O‘zbekiston TIV hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirdi va vafot etgan hamda jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar aniqlanmaganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
