Toshkentda 2 yoshli bolani qiynab, o‘limiga sababchi bo‘lgan tarbiyachi 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi
Olmazor tumanidagi xususiy bog‘cha tarbiyachisi o‘z vaqtida uxlamagan 2 yoshli bolani og‘ziga choyshab tiqib azoblagan, tepgan va yuziga urgan. Bola olgan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. Sud tarbiyachini 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. gazeta.uz »








