Soat 01:00 da ham Toshkent-Pop yo‘nalishida qo‘shimcha temiryo‘l reysi tashkil etiladi
Qamchiq dovoni yopilgach, o‘z manziliga yetolmagan yo‘lovchilar uchun soat 01:00 da ham Toshkent-Pop yo‘nalishida qo‘shimcha temiryo‘l reysi tashkil etiladi. Popga borgach, poyezd vodiydan Toshkentga ketayotgan yo‘lovchilarni ham olib qaytadi, deya ma’lum qildi FVV. Dovonda kechki soatlarda 12 ta qor ko‘chkisi aniqlangan. gazeta.uz »