Surxondaryoda XVI asrga oid qadimiy tangalarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi
Surxondaryo viloyatida qadimiy tangalarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Tangalar XVI asrga oid bo‘lib, ularda arab yozuvida diniy iboralar va hukmdor nomlari bitilgan. Ular Termiz arxeologiya muzeyiga topshirildi, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »

