Kambag‘al oila farzandlari to‘garak xarajatlarining bir qismi kompensatsiyalanadi
O‘zbekistonda davlat kambag‘al oilalar farzandlari uchun IT, chet tillari va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklar narxining 80% gacha qismini qoplaydigan tartib tasdiqlandi. To‘garak xarajatlarini qisman qoplash martdayoq rejalashtirilgan bo‘lib, bu uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m ajratilgan. gazeta.uz »
