Tailandda og‘ir ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Tailandning Pattaya shahrida insultga chalinib, chap tomoni ishlamay qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi. U xorijga ishlash uchun ketgan, biroq ahvoli og‘irlashgan. Bangkokdagi bosh konsulxona bunday holatlar ko‘paygani bois tibbiy sug‘urta olish va ish beruvchi bilan shartnoma tuzish zarurligini eslatdi. gazeta.uz »