Toshkentda 1 tup qarag‘ayni noqonuniy ravishda kesgan fuqaro 9,3 mln so‘m jarimaga tortildi
Chilonzor tumanida 1 tup eldor qarag‘ayini noqonuniy ravishda kesib tashlagan fuqaroga 9 375 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Shuningdek, tabiatga 41 250 000 so‘m miqdorda zarar yetkazilgani belgilanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. gazeta.uz »