Bokschi Lazizbek Mullajonov doping uchun uch yilga diskvalifikatsiya qilindi
O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonov doping-testning ijobiy natijasidan so‘ng diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar berdi Xalqaro test agentligi. U qoidabuzarlik yuzasidan e’tiroz bildirmadi, bu esa diskvalifikatsiya muddatini uch yilgacha qisqartirish imkonini berdi. gazeta.uz »







