Ðåçóëüòàòîâ: 8

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qancha tumanlarida keng ko‘lamli elektr uzilishi kuzatildi

Payshanba kuni poytaxtning bir qator tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha bo‘lmadi. Energetika vazirligi bunga Toshkent IESdagi transformatorning nosozligi sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Shaharda svetoforlar ishlamadi, uylarda suv ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Uzilish metroga ham ta’sir ko‘rsatdi. gazeta.uz »

2026-6-4 12:11

O‘zbekiston tumanlarida boshqaruv tizimi o‘zgaradi. Prezident quyi bo‘g‘inning samarasizligini ko‘rsatib o‘tdi

Tuman hokimlari ularga 100 dan ortiq qonun va qarorlar bo‘yicha 500 ga yaqin funksiya yuklatilgan bo‘lsa-da, yarmidan ko‘pini bilmaydi. Kompleks rivojlantirishga mas’ul idoralar faqat kundalik topshiriqlarni bajarish bilan band, dedi prezident tumanlarda boshqaruv tizimi o‘zgarishini e’lon qilarkan. gazeta.uz »

2025-6-16 12:12