Ðåçóëüòàòîâ: 27

“Qo‘shilgan qiymat va pul — qayta ishlashda”. OTB — kritik minerallar, O‘rta koridor va “yashil” energetika haqida

OTB O‘zbekiston bilan SIdan foydalangan holda muhim materiallar ishlab chiqarish va jarayonning yopiq siklini rivojlantirish loyihalarini muhokama qilmoqda. OTB departamenti rahbari Yevgeniy Jukov Gazeta`ga bergan intervyusida O‘rta koridor, energiya koridori, Rog‘un va Qambarota GESlari haqida so‘zlab berdi. gazeta.uz »

2026-5-7 20:30

“O‘zbekistonga qiziqishimiz va xavflarga nisbatan „ishtahamiz“ ortdi” — OTB departamenti rahbari

Islohotlar va reyting agentliklari baholari yaxshilanishi fonida OTBning O‘zbekistondagi xavflarga nisbatan “ishtahasi” ortgani qayd etildi, dedi Izabel Chatterton. Shu bilan birga, u dengizga chiqish imkoni yo‘qligi logistik cheklovlar yaratishini tan oldi, biroq bu endi jiddiy to‘siq emasligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-5-4 14:47

“O‘zbekistondagi xavflarga qiziqishimiz va „ishtahamiz“ ortdi” — OTB departamenti rahbari

Islohotlar va reyting agentliklari baholari yaxshilanishi fonida OTBning O‘zbekistondagi xavflarga nisbatan “ishtahasi” ortgani qayd etildi, dedi Izabel Chatterton. Shu bilan birga, u dengizga chiqish imkoni yo‘qligi logistik cheklovlar yaratishini tan oldi, biroq bu endi jiddiy to‘siq emasligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-5-4 14:47

Shavkat Mirziyoyev va OTB prezidenti 12,5 mlrd dollarlik yangi sheriklik dasturini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda OTB prezidenti Masato Kanda bilan uchrashdi. Muzokaralarda 2030-yilgacha mo‘ljallangan 12,5 mlrd dollarlik yangi strategik sheriklik dasturi muhokama qilindi. U ijtimoiy sohani modernizatsiya qilish, kambag‘allikni qisqartirish va “yashil” energetikani qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi. gazeta.uz »

2026-5-3 18:40

OTB Osiyoda energiya tarmoqlari va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga 70 mlrd dollar ajratadi

OTB Samarqandda 2035-yilgacha 70 mlrd dollarlik ikki tashabbus boshlanganini e’lon qildi. Mablag‘lar energiya tizimlarini birlashtirish, transchegaraviy elektr savdosini rivojlantirish, raqamli koridorlar, data markazlar va mintaqada internetdan foydalanishni kengaytirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-3 18:28

Prezident Samarqandda OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishida qatnashadi

O‘zbekiston ikkinchi bor OTB Boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishiga mezbonlik qiladi. Samarqandda o‘tadigan forumda 100 dan ortiq mamlakatdan delegatsiyalar ishtirok etadi. “Taraqqiyot chorrahalari: mintaqaning o‘zaro bog‘liq kelajagini ilgari surish” mavzusidagi tadbirni Shavkat Mirziyoyev ochib beradi. gazeta.uz »

2026-5-2 18:23

OTB O‘zbekiston o‘rta ta’lim maktablarida STEM fanlarini o‘qitishga 100 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi

OTB O‘zbekiston o‘rta ta’lim maktablarida STEM fanlarini o‘qitishga 100 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi. Loyihasi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 200 ta maktabni laboratoriyalar, AKT infratuzilmasi, quyosh energiyasi bilan jihozlash, qizlarni STEM kasblariga o‘qitish targ‘ibot kampaniyalari ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-10-22 14:54

OTB O‘zbekistonda institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga davlat sektori samaradorligini oshirish, davlat korxonalari boshqaruvini modernizatsiya qilish va JSTga a’zo bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. gazeta.uz »

2025-10-15 10:32

OTB va O‘zbekiston muzliklar erishi va suv tanqisligiga moslashish loyihalarini ishlab chiqmoqda

OTB O‘zbekiston bilan muzliklarning erishi va qurg‘oqchilik xavfini kamaytirish uchun suv resurslari va qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalar ustida ishlamoqda. OTB Qashqadaryoda suzuvchi quyosh stansiyalaridan ham foydalanish mumkin bo‘lgan Ayoqchi suv ombori qurilishini qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »

2025-5-7 13:49

OTB prezidenti: O‘zbekiston — energetika sohasiga xususiy investitsiyalarni jalb qilishda strategik yondashuv namunasi

O‘zbekiston - xususiy investitsiyalar hisobiga energetika sohasini muvaffaqiyatli transformatsiya qilish namunasi, dedi OTB rahbari Masato Kanda. Unga ko‘ra, mamlakatda 3,5 GVt qayta tiklanadigan energoloyihalar amalga oshmoqda, ba’zi shartnomalar rekord darajadagi past tariflar bo‘yicha tuzilgan. gazeta.uz »

2025-5-5 17:13

OTB va OIIB O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjonga Yevropaga yashil energiya yo‘lagi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini shakllantirishda yordam beradi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon energetika vazirliklari, shuningdek, OTB va OIIB o‘rtasida memorandum imzolandi. U Markaziy Osiyodan Yevropaga yashil energiya eksportini nazarda tutuvchi Kaspiy yashil energetika yo‘lagi loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. gazeta.uz »

2025-4-8 09:37

OTB perinatal xizmatni yaxshilash uchun O‘zbekistonga 100 mln dollar qarz ajratadi

O‘zbekistonda onalar o‘limi kamaygan bo‘lsa-da, hamon Yevropa va Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori, deyiladi Osiyo taraqqiyot banki bayonotida. Bank homiladorlar va chaqaloqlar uchun ko‘rsatiladigan perinatal xizmatni yaxshilashga yordam berish uchun 100 mln dollar imtiyozli qarz ajratishni ma’qulladi. gazeta.uz »

2024-7-17 08:21

OTB 2025

O‘zbekiston va OTB o‘rtasida 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish bo‘yicha hujjat imzolandi. Hamkorlik energetika, transport, suv ta’minoti, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi sektori va tabiiy resurslarni boshqarish, moliya, davlat boshqaruvi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini qamrab oladi. gazeta.uz »

2024-5-13 12:43