O‘zbekiston 2027-yilda 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi
17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi 2027-yil 12−29-may kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Dastlab musobaqaga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi rejalashtirilgan edi. Biroq Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) turnirni o‘tkazish huquqini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga berdi. gazeta.uz »





