Yana 26 nafar O‘zbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi. Parvoz 36 soat davom etdi
Migratsiya qonunchiligini buzgani uchun yana 26 nafar O‘zbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi. AQShning Omni Air International charter kompaniyasi samolyoti Texasdan uchib chiqib, beshta oraliq to‘xtashni amalga oshirdi. Yo‘ldagi umumiy vaqt 36 soatni tashkil etdi.









