Samarqandda Lacetti do‘konga kelib urilishi oqibatida bir kishi jarohatlandi
Kattaqo‘rg‘on tumanida Lacetti do‘konga kelib urildi. Hodisa oqibatida do‘kon ichidagi bir kishi jarohatlandi. gazeta.uz »
Samarqandda - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Kattaqo‘rg‘on tumanida Lacetti do‘konga kelib urildi. Hodisa oqibatida do‘kon ichidagi bir kishi jarohatlandi. gazeta.uz »
Sud SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan 74 yoshli samarqandlik fuqaroga 3 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Ish materiallariga ko‘ra, u Telegram`dagi guruhda “O‘zbekiston mustaqilligi yuzaki ekani va sobiq Sovet Ittifoqi rasman tarqalmagani” haqidagi materiallar joylashtirgan. gazeta.uz »
Registon maydonida o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivalida 80 ga yaqin davlatdan 300 dan ziyod vakil qatnashmoqda. 27-avgust kuni 14 ta mamlakat ishtirokchilari ko‘rik-tanlov doirasida chiqish qildi. gazeta.uz »
Prezident Samarqandga tashrif buyurib, yangidan qurilayotgan Imom Buxoriy majmuasini ko‘zdan kechirdi. U mutasaddilarga tabarruk ziyoratgohlarni tiklash, ularning tarixi va mazmunini to‘g‘ri talqin qilib yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. gazeta.uz »
Dushanba kuni kechqurun Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurib, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. gazeta.uz »
Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi 4 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda bola tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Samarqand viloyatida haydovchilik guvohnomasi uchun fuqarolardan imtihon oluvchi markaz ishga tushdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va YHXXning yangi boshlig‘i Sherzod Ibragimov qatnashdi. gazeta.uz »
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ohak ishlab chiqarish sexi qo‘lbola gaz qurilmalarini tarmoqqa ulab, 2,2 mln kub metr hajmdagi qariyb 3,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Tashkilot rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Payariq tumani tez tibbiy yordam binosining yonida Isuzu yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa joyidagi Cobalt yong‘in ta’sirida zararlangan bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »
Kadastr palatasining Pastdarg‘om tumani filiali xodimi 1,5 ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushgani aytilmoqda. U fuqaroga yer va uy-joyni hujjatlashtirib, egalik huquqini olib berishini aytgan. gazeta.uz »
Bulung‘ur tumanidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodi 1 mlrd 109 mln so‘mlik 1 mln 286 ming kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Kattaqo‘rg‘on tumanida Nexia mashinasining mast haydovchi velosipedda 4 va 7 yoshli qizlari bilan ketayotgan yo‘lovchini urib yubordi. Oqibatda ota va kichik qiz voqea joyida halok bo‘ldi, haydovchi qamoqqa olindi. gazeta.uz »
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 6-sinfdagi singlisiga sevishini aytgani uchun 15 yoshli bolani “samosud” qilgan erkak 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
Samarqand viloyati Urgut tumanida 21 yoshli haydovchi Cobalt boshqaruvini yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan Damas`ga borib urildi. YTH oqibatida Damas mashinasi haydovchisi va ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Shuningdek, yana uch kishi jarohat oldi. gazeta.uz »
Samarqand shahrida Labo haydovchisi 9 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bola tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Samarqandda 49 kishini chet davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. U ikki kishini Angliyaga ishga yuborishi uchun olgan 4,5 ming dollarning bir qismini qaytarayotganida qo‘lga tushdi. gazeta.uz »
Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi tadbirkordan 14 ming dollar so‘rab, undan 7 ming dollarini olganlikda gumonlanmoqda. gazeta.uz »
Samarqand shahridagi bog‘chada qo‘shimcha bino qurish vaqtida 30 tup qimmatbaho, 1 tup kam qimmatli daraxtni kesib tashlagan korxona tabiatga 260 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. gazeta.uz »
Samarqand arxeologiya instituti xodimlari Urgutdagi Qo‘rg‘ontepa yodgorligidan VII-VIII asrlarga oid ibodatxona o‘rni va devoriy suratlarni topdi. Hozirda qazuv ishlari davom etmoqda. Devoriy suratlarni saqlash va nusxa ko‘chirish ishlari boshlandi. gazeta.uz »
Nurobod tumanida Nexia 3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Oqibatda bir yo‘lovchi vafot etdi, haydovchi shifoxonada davolanmoqda. gazeta.uz »
Kattaqo‘rg‘on tumanida Isuzu yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Narpay tumanida 7 tup har xil turdagi mevali daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib tashlagan fuqaro 11 mln 730 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. gazeta.uz »
Samarqandda qisqa tutashuv sabab Matiz mashinasi butunlay yonib ketdi. Yong‘in yo‘l chetidagi g‘alladan bo‘shagan yer maydoniga ham o‘tdi. O‘t o‘chiruvchilar holatni 50 daqiqada bartaraf etdi. gazeta.uz »
Bosh prokuratura departamenti o‘tkazgan tadbirlarda Payariqda fuqaroni AQShga yuborish uchun 10 ming dollar, Qo‘rg‘ontepada Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish uchun 1900 dollar olgan shaxslar qo‘lga olindi. gazeta.uz »
Urgut tumanida 3 ta ayiq chorvaga hujum qilib, 4 bosh echkini yeb qo‘ydi. Cho‘ponlarga yoki ayiqlarga talafot yetmagan. Holat nazoratga olingan. gazeta.uz »
Samarqand shahridan oqib o‘tuvchi Siyob kanaliga Nexia 2 avtomobili tushib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. FVB xodimlari mashinani chiqarib oldi. gazeta.uz »
Samarqandda Nexia 2022-yilgi SHHT sammiti oldidan kengaytirilgan yo‘ldan o‘tayotgan 7 yoshli bolani urib yubordi. “Peshexod”lar orasidagi masofa 1 km bo‘lgani uchun aholi doimiy ravishda bu yerdan yo‘lni kesib o‘tadi. gazeta.uz »
Samarqand viloyati Toyloq tumanida 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgandi. Unga nisbatan JKning “Qiynash” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Toyloq tumanida erkak 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklab, musht tushirdi. Bolada jarohatlar aniqlanib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Erkak ruhiyatida o‘zgarishlar borligi tufayli shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Prezident Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi va Samarqand shahrida “BMT Turizm” bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shundan so‘ng davlat rahbari Samarqandga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. gazeta.uz »
Ishtixon tumanida Nexia 3 yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu’ga borib urildi. Hodisa oqibatida 2 kishi vafot etdi. gazeta.uz »
Samarqand viloyati Payariq tumanida oilaviy kelishmovchilik sabab kelib chiqqan janjalda 62 va 60 yoshli qaynota va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan erkak qo‘lga olindi. gazeta.uz »
Bulung‘ur tumanida Damas qarama-qarshi tomondan kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashdi. Oqibatda Damas haydovchisi shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
Samarqand shahrida IIB xodimi kelishmovchilik sababli bir erkak va homilador ayolga kuch ishlatdi. U fuqarolarga “birinchi buyruq bajarilishi, keyin muhokama qilinishi”ni aytganini eshitish mumkin. Viloyat IIB profilaktika inspektori ishdan bo‘shatilganini bildirdi. gazeta.uz »
Toyloq tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Damas ikki nafar piyodani urib yubordi. Voqea sabab piyodalar va Damas ichidagi yo‘lovchi jarohat oldi. gazeta.uz »
Kattaqo‘rg‘on shahrida turmush o‘rtog‘i bilan videomuloqot chog‘ida janjallashib, o‘g‘lini bo‘g‘ishga uringan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayolning aytishicha, eri Rossiyada boshqa ayolga uylangan va qaytishni istamayapti. gazeta.uz »
Urgut tumanida 9-sinf o‘quvchisi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 yuqori tezlikda 6 yoshli qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Bola mashinani uyidan otasining ruxsatisiz olib chiqib ketgani aniqlandi. gazeta.uz »
Samarqandda hudud aholisiga 50 ming dollar evaziga AQShga borishga yordam berishni va’da qilgan shaxs avans olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. gazeta.uz »
Samarqand shahrida 30 bosh Markaziy Osiyo toshbaqasi bolalari noqonuniy sotuvdan olib qo‘yildi va yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash ishlari ketmoqda. gazeta.uz »
Samarqandda o‘tgan asr 80 yillarida qurilgan markaziy suv quvuri teshilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Nosozlik tufayli 20 ta ko‘cha va ularga tutash mahallalar ichimlik suvisiz qoldi. Video. gazeta.uz »
Registon maydonida futzal bo‘yicha Jahon chempionati-2024 turniri guruh bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi, jamoaga Niderlandiya, Paragvay va Kosta-Rika raqiblik qiladi. “Gazeta.uz” jarayondan fotoreportaj tayyorladi. gazeta.uz »
Samarqandda Nexia-2 piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan SamDU talabasini urib yubordi, oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Narpay tumanida mast holda mashina boshqargan 70 yoshli erkak 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda uning qo‘li sindi. Erkak avval ham spirtli ichimlik ichib mashina boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgandi. “Endi ichmayman, mashina ham haydamayman”, - dedi u. gazeta.uz »
Nurobod tumanida 5 yoshli bola elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi. “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” faoliyati yuzasidan tekshiruv tayinlandi. gazeta.uz »
Pastdarg‘om tumanida 15 yoshli bola 6-sinf qizga sevishini aytgani uchun qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi. Yigit bolaning sochi va qoshini qaychi bilan qirqqan va tan jarohati yetkazgan. Samarqand viloyati IIB holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi. gazeta.uz »
Pastdarg‘om tumanida qulab tushgan uy egasi IIBga murojaat qilib, unga 300 ming dollar miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bildirdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qurilish vazirligi uning qo‘shnisi loyiha hujjatlariga amal qilmasdan yer qazish ishlarini olib borganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi noturar joyda xandaq qazilishi oqibatida qo‘shni uy qulab tushdi. Keltirilgan zarar yoki jabrlanish holatlari haqida ma’lumot berilmadi. gazeta.uz »
Pastdarg‘om tumanida Damas piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 11 yoshli qizni urib yubordi. Qiz tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Toyloq tumanida 15 yoshli qiz o‘zi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan 18 yoshli yigitdan farzand ko‘rdi. Holat yuzasidan 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Urgut tumanidagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi 27 yoshli yigit o‘quvchi qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilishda ayblanib, 3 sutkaga qamaldi. Sudda yigit hech kimga shilqimlik qilmagani, faqat o‘quvchisiga tanbeh berganini aytib ko‘rsatuv berdi. gazeta.uz »