Andijonda sex ohak ishlab chiqarish uchun 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida korxona ohak ishlab chiqarishda 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Gaz hisoblash uskunasi nosozligi sababli muqaddam tarmoqdan uzilgan va tamg‘a o‘rnatilgan, ammo sex rahbari uni o‘zboshimchalik bilan buzgan va ishlatishda davom etgan. gazeta.uz »


